Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Hududiy soliq organlarining davlat soliq xizmati organlari tizimida lavozimga yangi tayinlangan ayol rahbarlar hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlar uchun Fiskal institutda joriy yilning 16-20-may kunlari rahbarlikka o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Malaka oshirish kursida hududiy soliq organlarining 23 nafar lavozimga yangi tayinlangan ayol rahbarlari hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlari ishtirok etishdi. O‘quv kursi davomida tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Fiskal institutning tajribali pedagog-mutaxassislari tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va uning mazmun mohiyati”, “Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda ayollar ishtiroki va gender tengligi masalalari”, “Soliq - byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari va qonunchilikdagi o‘zgarishlar”, “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati”, “Ish faoliyatida vaqt menejmenti”, “Murojaatlar bilan ishlash sohasida natijadorlikni oshirish masalalari” kabi mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilar bilan suhbat o‘tkazilib, kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...