Hozirgi vaqtda O`zbekiston raqamli transformatsiyani rivojlantirish yo`lida AKT texnologiyalari va AKT infratuzilmasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Huawei kompaniyasi O`zbekistonda 1999-yildan buyon ishlab kelmoqda. Huawei dastlabki yillardan boshlab mahalliy tarmoq operatorlari, sheriklar, davlat idoralari va ta'lim muassasalari bilan o`zaro manfaatli aloqalarni yo`lga qo`ygan kompaniyalardan biri sanaladi.
Soliq tizimi raqamli transformatsiyaga o`tishga olib boradigan kasbiy bilim va yosh iqtidorli kadrlar uchun ko`plab imkoniyatlar yaratmoqda. Fiskal institut o`z talabalariga raqamli iqtidorni rivojlantirish va raqamli ko`nikmalarni yaxshilashga yordam berish maqsadida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi. Huawei kompaniyasi Fiskal institut bilan "Aqlli institut" loyihasini ko`rib chiqdi.
Aqlli sinflarning yangi shakli va kelajakdagi o`quv xonalari, o`qitishning yangi turi va zamonaviy o`qitish usullari, talabalar turkumidagi resurslarni birlashtirish va qurish bilan bir qatorda talabalar shaharchasi, xonalarning hozirgi raqamli muhitini oqilona o`zgartirish texnologiyasi, online ta'limning rivojlantirish ehtiyojlarini qondira oladigan va ma'lum bir istiqbolga ega bo`lgan aqlli ta'lim muhitini yaratish to`g`risidagi loyihalar ustida kelishuvlar olib borildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...