“Erasmus+” dasturi Yevropa Ittifoqining taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va sportni rivojlantirishga qaratilgan Tempus va Erasmus Mundus dasturlarini birlashtirgan dastur hisoblanadi. Ayni paytda “Erasmus+” dasturining 2021-2027 yillarga moʻljallangan 2-bosqichi o‘z ishini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Erasmus+” dasturining yo‘nalishlari, tanlov shartlari, bosqichlari va natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda “Erasmus+” dasturining O‘zbekistondagi filiali loyihaviy menejeri G.Karlibaeva, TATU Radio-mobil aloqa fakulteti dekani, “Erasmus+” loyiha koordinatori X.Nosirovlar tomonidan dastur bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan dastur bo‘yicha umumiy taqdimot, amaliy vaziyatlarni tushuntirish bilan birga aynan Fiskal institut tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar, ularning ahamiyati hamda imkoniyatlari xususida tavsiyalar berildi. Jumladan, talabalar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun ikki tomonlama akademik almashinuv dasturlari, magistraturada ta’lim olish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yetarlicha axborotlar va yo‘nalishlar berildi.
Seminar qizg‘in savol-javoblar, muhokamalar, fikr-almashishlarga boyligi bilan qiziqarli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...