Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ish bilan ta’minlash maqsadida Respublikamizdagi yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan “Artel Electronics” brendi ostidagi ishlab chiqarish korxonasining ish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Fiskal institut talabalar jamoasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalarga ish jarayoni, ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, maishiy texnikalarni ishlab chiqarish punktiga ekskursiya tashkil etilib, maishiy texnika yig‘ish jarayonini jonli kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Korxona va tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, professional ko‘nikmalarni egallashda muhim sanaladi. Ekskursiya davomida “Artel Electronics” mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha hududlari va qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanadigan logistika markazi bilan ham tanishdilar.
Shu bilan bir qatorda talabalar korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...