Sizlar ko'p kitob o'qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o'tmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg'oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev
O'zbekiston - yoshlar mamlakati. Hozirgi kunda Yoshlar siyosati davlat siyosati darajasigacha ko'tarilib kelmoqda. Shu o'rinda Fiskal institut talaba-yoshlari ham Respublikamiz hayotida faol ishtirok etayotgan va ko'plab yutuqlarga erishayotgan yoshlardandir.
Ishonch bilan ayta olamizki, talaba-yoshlarning ko'zlaridagi olov, yuzlaridagi tabassum, qalbidagi g'ayrat va shijoat ertangi kuniga ishonchi borligini ko'rsatib turibdi. O'z kelajagi uchun befarq bo'lmagan ilmli, salohiyatli o'zining ustida doimiy ishlaydigan malakali kadrlar Fiskal Institutda ta'lim tarbiya olib kelishmoqda.
Fiskal institutda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, ularga berilayotgan e'tibor natijasida, talabalarimiz fan olimpiadalarda va sport sohasida bir qator yutuqlarga erishib kelishmoqda. Yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarimiz institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...