Butun hayoti va faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlaydigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, fidoiyligi yuksak e'tirofga munosib.
Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Avlodlaringizga faqat bugunning emas, kelgusi zamonning ilmini o‘rgating”, degan so‘zlari beixtiyor yodimizga tushadi.
Chindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib borayotgan o‘ta murakkab bir davrda farzandlarimizning munosib yashashi, kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Sizdan boshlanadi asli tafakkur“ mavzusida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirning ham asl maqsadi ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ustoz va murabbiylarning namunali hayot yo‘li, yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatilishi bilan bir qatorda, kasb bayrami munosabati bilan ustoz va murabbiylarnig fidoyi mehnatlari rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbirda institutning o‘qituvchi, murabbiylari, talabalari hamda “Cho‘pon ota” mahallasida istiqomat qilayotgan faxriylar, yoshlar va xotin-qizlar keng ko‘lamda jalb etildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi raisi, Fiskal institutining rektori Sherzod Qudbiev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, senator, shoir Minhojiddin Mirzo, huquqshunoslik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimovalar o‘z so‘zlarida fidoyi ustoz va murabbiylarning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, fan va texnika, madaniyat va san'at, sport sohalarida qanday katta marralarni qo‘lga kiritayotganliklarini, o‘tgan o‘quv yilida yoshlarimiz xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida 45 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgani ta'lim sohasidagi islohotlarimiz samarasi ekanligini alohida ta'kidlab o‘tishdi.
O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchieva, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova hamda ustoz san'atkorlarning diltortar qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilarini yanada ruhlantirib yubordi.
“Sizdan boshlanadi asli tafakkur” mavzusida o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda faxriy ustozlarga alohida e'tibor qaratilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...