Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT) yoʻnalishi boʻyicha Xalqaro tarmoq institutiga (MSI) aʼzo oliy taʼlim muassasalari “Taʼlim va karyera” nomli xalqaro koʻrgazmada ishtirok etdilar.
Koʻrgazma Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belorussiya va BRIKS davlatlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Xalqaro koʻrgazma Sochining Sirius federal okrugidagi ilmiy-ijodiy markazda, mingdan ortiq ishtirokchilar, oliy taʼlim muassasalari vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazildi.
Xalqaro koʻrgazmada oliy taʼlim muassasalari vakillari har bir dasturning oʻziga xos xususiyatlari, oʻquv jarayoni, amaliyot oʻtash va oʻqishni tugatgandan soʻng ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...