O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashda tilga oid qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning o‘rni katta. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 21 oktabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan imzolandi, 21 oktabr kuni «O‘zbek tili bayrami kuni» deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi PF-5850-son Farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilgan. 2020 yil 20 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmon asosida «2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi» ishlab chiqilgan edi. Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni nazarda tutadi:
Zero, bugungi kunda ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak. Shu boisdan Konsepsiyaga ko‘ra,
Ammo shu o‘rinda qayd etish joizki, ayrim o‘rinlarda til masalasida dilni xira qiladigan holatlar ham uchrab turadi. Ayniqsa ko‘chalarda do‘konlar, supermarketlar, turli xil ustaxona shoxobchalari, go‘zallik salonlari, turli xil osmono‘par binolar, bog‘chalarga qo‘yilgan nomlar o‘zbek tilida emas balki, boshqa xorij tillarida yozilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu haqiqatni isbotlash uchun siz ulkan bir ilmiy izlanish qilishingiz shart emas, aynan ko‘chaga otlanib turib, qo‘lingizga qalam va ruchka olgan holatda chiqsangiz kifoya. Naqadar achinarli holat bo‘lishiga qaramay, biz bunga ko‘nikib yashab kelmoqdamiz! Axir biz O‘zbekistonda yashayapmiz-ku, nima uchun unda joy nomlarini o‘zbek tilida nomlay olmaymiz? Buning uchun kim aybdor: davlat organlarimi yoki o‘zbek millatimi? Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda osmono‘par binolar qurilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ularning nomi hali-hamon ingliz tilida ekanligi haqida bildirilgan turli xil fikrlarga duch kelishimiz mumkin.
Zero, til har bir millatning ko‘zgusi, uning ma’naviy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: «Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin».
Umuman, «2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi» ni amalga oshirishdan maqsad mamlakat hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalar muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritish, davlat tili barcha fan tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlarda ilm-fan tili sifatida nufuzga ega bo‘lish, o‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, zamonaviy, yangi avlod o‘quv lug‘atlarini tuzish hamda ularning elektron shakllarini yaratish orqali sohalar bo‘yicha milliy terminologik tizimni takomillashtirish maqsad qilingan. Va o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning yangi, zamonaviy metodikasini yaratish orqali til ta’limi samaradorligini oshirishga erishiladi. Shu boisdan 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Tilimizning mavqeiga qaratilgan e’tibor ertangi avlodning kelajagi haqida qayg‘urishimizning muhim asosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqei va nufuzini oshirish, jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilishiga erishish, yosh avlodni ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi buning yaqqol tasdig‘idir.
Fayzulla Tolipov
Soliq qo‘mitasi huzuridagi
Fiskal institut Gumanitar fanlar va
chet tillari kafedrasi dotsenti, tar.f.d (DSc)
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...