Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birinchi kurs sirtqi ta’lim shakli (5-yillik, jumladan, tavsiyanoma bo‘yicha suhbat asosida qabul qilingan) talabalari uchun 2021/2022 o‘quv yili kuzgi (birinchi) semestri o‘quv jarayonlari boshlanishini ma’lum qiladi. O‘quv jarayoni talabalarni 2 oqimga ajratilgan holda maxsus masofaviy ta’lim platformasidan foydalanilgan holda masofaviy (online) tarzda amalga oshiriladi, bunda o‘quv mashg‘ulotlari
1-oqim uchun 2021-yil 29 noyabrdan 18 dekabrgacha;
2-oqim uchun 2021-yil 20 dekabrdan 2022 yil 08 yanvargacha bo‘lib o‘tadi.
O‘quv jarayonlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafigi asosida bo‘lib o‘tadi. Ma’ruza, amaliyot va seminar mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilar tomonidan maxsus platforma vositasi orqali real vaqt rejimida olib boriladi.
4 yillik sirtqi ta'lim shakli uchun o'quv jarayonlari 3, 4 va 5-oqimlarda yanvar oyidan boshlab o'qitilishi rejalashtirilgan. Aniq sanalari to'g'risida qo'shimcha ma'lumot berib boriladi
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...