9 may - "Xotira va qadrlash kuni" Vatan obro'-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo'shayotgan faxriylarni e'zozlash, yoshlarimizga vatanparvarlik, yurtga sadoqat, davlatimizdagi tinchlik kabi muqaddas tushunchaning naqadar ulug'ligini ular qalbiga singdirish maqsadida joriy yilning 6-7 may kunlari Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Fiskal institut xodimlari yoshi ulug'lar holidan xabar oldilar.
Keksalar urush yillaridagi zulmatli kunlar, uning fuqarolarimiz, xalqimiz, butun jahonga yetkazgan salbiy ta'sirlari, Vatan ozodligi uchun kechgan janglari, urushdan keyingi qizg'in mehnat faoliyati to'g'risida va mustaqilligimizdan so'ng davlatimizda bo'lgan va davom etayotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o'tdilar.
Fiskal insntitut xodimlari urush fidoiylari, shuningdek, uzoq yillar davomida soliq xizmatida faoliyat yuritgan mehnat faxriylarini yaqinlashib kelayotgan "Xotira va qadrlash kuni" hamda ikkinchi jahon urushida erishilgan g'alaba bilan qutlab, esdalik sovg'alarini taqdim etishdi. Ko'rsatilgan e'tibor va hurmatdan ularning boshlari ko'kka yetib, institut xodimlarini duo qilishdi.
Yoshlar kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va yoshlar o‘rtasida...
Konf_To‘plam_2022_13__may_Fiskal_institut.pdf
Sizlar ko'p kitob o'qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o'tmishda jahon sivizilizatsiyasi bes...