Fiskal institut xodimlari va talaba-yoshlari Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi "G'alaba" bog'iga tashrif buyurishdi. Ma'lumki, "G'alaba" bog'i O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ochilgan.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ushbu bog' xalqimizning g'alabaga qo'shgan hissasini aks ettirishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirishi kerak. Bog'ning markaziy xiyoboniga Stalingrad jangi paytida bebaho harbiy qaxramonlik ko'rsatgan ulkan qo'shinni boshqargan o'zbek o'g'loni general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali o'rnatilgan.
Shuningdek, o'zbek xalqining Ikkinchi Jahon urushi frontidagi jasorati va qahramonligi, front uchun barcha zarur narsalar bilan taminlagan front ortida ishlaganlarning mehnat qahramonligi hech qachon unutilmaydi. Tarixiy ildizlarimizni bilish - yosh avlodni tarbiyalash, manaviy boy, barkamol, jismonan baquvvat shaxsni shakllantirishning asosidir.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...