Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kasb mahoratini oshirish bo‘yicha prorektor F.Tillayev, Rektor maslaxatchisi D.Abduraxmonov, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, mehnat faxriysi, “Oliy Ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi, iqtisod fanlari doktori, professor Z.Kurbanov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Z.N.Kurbanov o‘zlarining hayotiy va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Ustozlar tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda ustozlarining alohida o‘rni bor. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal sur'atlarda davom etmoqda. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilmoqda. Institutdagi yaratilgan barcha imkoniyar va qulayliklar talabalar uchun yani “Uchinchi renessans” bunyodkorlari uchun ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Fiskal institutda 2024-yil 15-16-mart kunlari “Fiskal barqarorlikni taʼminlashda zamonaviy tend...
Kirish: Sun’iy intellekt (AI) hayotimizning turli jabhalarida, oddiy vazifalarni avtomatlashtiri...
“Fiskal siyosat va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba” xalqa...