2020 yil 18 iyun kuni soat 16-00 da navbatdagi kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi. Ilmiy seminarda Fiskal institutda ilmiy seminarini tashkil etish va tarkibini tasdiqlash haqidagi buyruq bilan tanishtirildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 may “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli hamda 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda institutda dissertatsiya ishlarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha kafedralararo ilmiy seminarni tashkil etish tartib qoidalari to‘g‘risida tushuncha berildi.
Bundan tashqari kun tartibidagi keyingi masala Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi fiskal institut ilmiy izlanuvchisi Nazarov Abdukarim Kusharovichning “Ko‘chmas mulk obyektlarining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit” iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktoriligi (PhD) uchun yozilgan dissertatsiyasining kafedralararo ilmiy seminar o‘tkazildi.